2 hududda 2500 dan ortiq “tabletka” savdosi fosh etildi

3-sahifa

−

image

Andijon va Farg‘onada 2591 dona “Regapen” va “Tropikamid” hamda 200 gramm “gashish”ning noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Izboskan tumanida DXX viloyat boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirilgan. Avtomobil salonidan 1400 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobilni Bekobod shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs boshqargan. Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida DXX viloyat boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda 1976 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning sumkasidan 1092 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi hamda 200 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yana bir holatda “Marg‘ilon–Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan VAZ 21017 rusumli avtomobil Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilib, tekshirilgan. Tekshiruv davomida Qo‘qon shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi avtomobil salonidan 99 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan uchala shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing