MU “Barselona” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport 2753
image

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester United” 24 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. De Yong “qizil iblislar”ning joriy yil yozidagi transfer maqsadlari ro‘yxatida turibdi. Qayd etilishicha, de Yong “Barselona”ni yaxshi ko‘radi, ammo futbolchi yangi mavsumdan mankunianlarni boshqaradigan Erik ten Xag bilan yana birga ishlash uchun “Yunayted”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, de Yong 2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga o‘tgan edi. Gollandiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda “ko‘k anorranglilar” safida La Liganing 27 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 14
Reyting: 3
t
×