“Yunayted” “Ayaks” futbolchisi Antoni uchun qancha taklif qilmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Ayaks” jamoasi futbolchisi Antoni Mateus dus Santus uchun 94 million yevro taklif qilmoqchi. Bu haqda “O Globo” nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shu bilan birga, Amsterdam klubi allaqachon MYUning 80 million yevrolik taklifini rad etishga ham ulgurgan. "Ayaks" Antonini 100 million yevrodan qimmatroqqa sotishga tayyor.

Jamoa bosh murabbiyi Alfred Sxroyder bor etiborini “Ayaks”ga qaratmagan futbolchilarni jamoada olib qolmasligini aytib, braziliyalik futbolchini tarkibdan chiqarib yubordi.

Qayd etilishicha, futbolchi yaqinda orada “Ayaks” jamoasida mashg‘ulot o‘tkazmagan, bu esa klub rahbariyatidan noroziligiga sabab bo‘lgan. Antoni bu harakatlarini mushakdagi og‘riqlar bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi Niderlandiya chempionatining 22 o‘yinida 8 ta gol urgan va 4 golli uzatmaga amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” “Ayaks” Antoni

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing