Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinalari jarimaga tortiladi
Jamiyat
−
31 Oktabr
2391O‘zbekistonda endi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi. Bu haqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha kiritildi.
Kodeksning yangilangan 128-moddasiga ko‘ra, yo‘lning chetki chap qatorida yuk avtomobillarining harakatlanishi (chapga burilish yoki orqaga qayrilish kabi ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno) endi bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari, ya’ni 187,5 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Birinchi jarimadan keyin bir yil davomida takroran qoidabuzarlik BHMning 1 baravari (375 ming so‘m), uchinchi qoidabuzarlik BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m), yil davomida to‘rtinchi va undan keyingi qoidabuzarliklar BHMning 4 baravari (1,5 mln so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangandi. Qonunga ko‘ra, skuterlar va individual harakatlanish vositalarini boshqarib borayotgan shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi, bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida (123 ming 300 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi