Yo‘lga chiqindi tashlagan YPX xodimi jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining yo‘l chetiga axlat uloqtirgani aks etgan xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng, xodim jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri maslahatchisi, sobiq deputat Rasul Kusherboyev xabar berdi. 

Gap shundaki, tunda mashinasining yonida turgan yo‘l patrul xizmati xodimi qo‘lidagi ichimlikni ichib bo‘lgach, uning plastik idishini yo‘l chetiga tepib yuborgan. Bu qoida buzish holati esa o‘sha atrofda turgan mashinadagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi xodimlari YPX xodimini topgan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 5 fevral kuni Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan birida sodir bo‘lgan. 8 fevral kuni esa qoidabuzarga nisbatan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1 prim moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan qoidabuzarlik (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llangan. Ushbu moddaga ko‘ra, xodim BHMning uch barobari ya’ni 1 million 20 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda yo‘lning o‘rtasiga axlat tashlab ketgan ayol 340 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima chiqindi YPX xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing