Ruslanbek Davletov: Bu davlat idoralariga signal bo‘lishi kerak

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Rsepublikasi Oliy Majlisi Senati “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Qonun bilan gender-huquqiy ekspertiza atamasi kiritilyapti. Mazkur yangi ekspertiza kelajakda qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlariga emas, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ham amal qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senatning yigirma birinchi yalpi majlisida aytib o‘tdi.

Gender-huquqiy ekspertiza – normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlari prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish.

Gender-huquqiy ekspertiza faqatgina kelajakdagi qonunchilik hujjatlariga emas, amaldagilariga ham amal qiladi. Bu degani biz bugunoq ishni boshlashimiz kerak. Tahlil qilsak bunday holatlar (diskriminatsiya) huquqiy hujjatlarda juda ko‘p. Tanzila Kamolovna o‘zingiz bilasiz, biz yaqinda ayollar uchun taqiqlangan kasblar ro‘yxatini bekor qilib, hammani tenglashtirdik. Endi ayollar ham teng huquqqa ega”, dedi Adliya vaziri Davletov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayollarning jismoniy holatini hisobga olib ijobiy diskriminatsiya bo‘lishi kerak. Harbiy ish va jazoni o‘tash nuqtai nazaridan butun dunyoda ijobiy diskriminatsiya bor.

“Ijobiy diskriminatsiya butun dunyoda bor va O‘zbekiston qonunchiligiga ham kiritilyapti. O‘ylashimcha, hech kim hafa bo‘lmaydi. Negaki ob’ektiv reallikni inobatga olish kerak. Gender-huquqiy ekspertiza davlatimiz uchun katta qadam. Bu davlat idoralariga signal bo‘lishi kerak”, dedi Ruslanbek Davletov.

Senat raisi Tanzila Norboyeva Ruslanbek Davletovga qo‘shimcha qilib, respublika va hududlar byudjetini ishlab chiqishda gender masalalarini hisobga olish kerakligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat Ruslanbek Davletov gender

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing