Yulduz Usmonova samolyot sotib oldimi? (video)

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yulduz Usmonova shaxsiy samolyotga ega bo‘ldi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda xonandaning ijodiy jamoasi bilan mini samolyotga chiqib, to‘y xizmatlariga borgani tasvirlangan. QALAMPIR.UZ ushbu xabarga oydinlik kiritdi.

Tarqalgan xabarlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda shaxsiy samolyotida bir sutka ichida 3 ta davlat, 4 ta shaharda to‘y va konsert o‘tkazgan.  

Usmonovaning ma’muri QALAMPIR.UZ bilan bo‘lgan suhbatda shaxsiy samolyot haqidagi bu ma’lumotlar xato ekanini, samolyot butunlay davlatga tegishliligini bildirdi. 

“Samolyot xususiy emas, u davlatga tegishli. U faqatgina 1 kunga ijaraga olingan. Bizda shu kuni bir nechta davlatda xizmat safari bor edi. Tojikistonga va Ozarbayjonga borishimiz kerak edi. Oddiy reyslarning vaqti bizga to‘g‘ri kelmagani sabab Bakudagi buyurtmachimiz shu samolyotni 1 kunga ijaraga olib berdi”, deydi u.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning so‘nggi qo‘shiqlari she’ri muallifi Lola Sobirovaning Facebook sahifasida ma’lum qilishicha, xonandani Bakudan to‘yga taklif qilishgan. Usmonovaning jamoasi esa vaqt oz qolgani sabab yetib bora olmasligini bildirgan. Shu bois to‘y egalari Usmonova va uning jamoasiga maxsus samolyot jo‘natgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

samolyot Yulduz Usmonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing