Yulduz Rajabova va Burak O‘zchivit bitta serialda rol o‘ynadi

Madaniyat-san’at

image

“Boyvachcha kuyov”, “Mendirman Jaloliddin”, “Oyqiz” kabi ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova turkiyalik mashhur aktyor Burak O‘zchivit bilan bitta serialda suratga tushdi. Buni Burakning Instagram'dagi sahifasiga joylangan anonsda ham ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, Yulduz Rajabova turkiyalik rejissyor Mehmet Bozdag‘ rejissyorligida suratga olingan "Hukmdor Usmon" tarixiy serialining yangi qismlarida rol o‘ynagan. Undagi bosh qahramon obrazini esa Burak O‘zchivit gavdalantirgan.

Shuningdek, aktrisa  ayni paytda Amerikaning Netflix servisi tomonidan suratga olinayotgan Amir Temur haqidagi tarixiy filmda ham ishtirok etyapti. Bu haqda Yulduz Rajabova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post joylagan.

“Har bir loyiha ortida odamlarga o‘zgacha taassurot ulasha oladigan mehnatkash jamoa bor. Men uzoq vaqtdan beri jamoamizni Jeykob Shvars rejissyorligidagi "Tamerlan" loyihasini yakunlagani bilan tabriklamoqchi edim. Ushbu loyihadagi qulaylik uchun butun jamoaga ham, yangi do‘stlarga ham rahmat”, deb yozgan aktrisa.

Ma’lumot uchun, Yulduz Rajabova 1989 yilning 23 dekabr kuni  Navoiy viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, o‘zbek va turk teatr, kino aktrisasi hisoblanadi. Unga "Xoin" filmidagi ijrosi katta shuhrat keltirgan. Shuningdek, aktrisa O‘zbekiston Respublikasining “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni turkiyalik mashhur kinoyulduz Burak O‘zchivit Rossiyaga tashrifi davomida muxlislari bilan uchrashgandi.

 

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yulduz Rajabova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar