Rossiyada Burak O‘zchivitga “matryoshka” va telpak sovg‘a qilindi
Madaniyat-san’at
−
26 fevral
1450224 fevral kuni turkiyalik mashhur kinoyulduz Burak O‘zchivit Rossiyaga borib muxlislari bilan uchrashdi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zchivit “Turk televideniyesi musiqasi” konsertida mehmon bo‘lgan. “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi” va “Hukmdor Usmon” filmlaridagi rollari bilan tanilgan aktyorning tashrifi ijodiy kechaga aylanib ketgan. Aktyor "Kalinka" spektaklida ham rol ijro etgan va sovg‘a sifatida o‘zining portreti tushirilgan "matryoshka qo‘g‘irchog‘i" va quloqchinli telpak olgan. Shuningdek, u boshlovchi Vyacheslav Makarov, muxlislar va jurnalistlarning savollariga ham javob bergan.
Jumladan, aktyordan Rossiya haqidagi taassurotlari so‘ralganda:
"Men Rossiyada shu paytgacha o‘n marta bo‘lganman. Haliyam esimda, model sifatida kelganimda, bir stakan kofe bilan tashqariga chiqdim va u chashkamda muzlab qoldi. Bu haqda vatandoshlarimga aytib bergandim. Shundan so‘ng, men Rossiyaga tez-tez keldim va ayni paytda bunday holatlarga ko‘nikib ham qolganman”, deya javob bergan Burak.
Bundan tashqari, turk aktyori o‘zining ishtirokidagi qaysidir loyiha Rossiyada qayta suratga olinishini istashini bildirgan.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi