YTHni sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi aniqlandi
Jamiyat
−
23 mart 2019 6149 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida shu yilning 17 mart kuni noma’lum haydovchi “Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi” yo‘lida aniqlanmagan avtomashinani haydab ketayotib, piyoda B.X.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. Bu xaqda IIV xabar bermoqda.
Natijada B.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Jomboy tumani Xitoybola qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli O.B. “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Xozirda voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
Live
Barchasi