Yo‘l chorrahalari nogironlar uchun moslashtiriladi
Jamiyat
−
10 iyul
1981Bugun, 10 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida 2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga o‘tiladi. Baholash Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida “Inson” markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi bo‘yicha ma’lumotlar shakllantiriladi.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish maqsadida quriladigan va ta’mirlanadigan binolar bunga moslashganligi bo‘yicha majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasining kamida 10 foiz mablag‘i har yili chorrahalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish bo‘yicha qurilish va jihozlashga yo‘naltiriladi. To‘siqlarsiz muhit yaratilgan ob’ektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.
Jamoat transporti bo‘yicha tenderlarda faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
LiveBarchasi