Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Sirdaryo orqali harakatlanuvchi haydovchilarga murojaat qildi

Jamiyat

image

"M39 yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh" avtomobil yo‘lining 0-37 kilometrlarida barcha turdagi transport vositalari uchun harakat vaqtincha cheklangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

"Joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan "Sardoba" suv omborining to‘g‘oni buzilishi natijasida suv chiqib, ombor atrofidagi yaqin hududlar suv tagida qolib falokat ro‘y berganidan xabaringiz bor.

Ushbu falokat sabab ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida qurilish va ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Viloyat hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 "M39 yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh" avtomobil yo‘lining 0-37 kilometrlarida barcha turdagi transport vositalari uchun harakat vaqtincha cheklangan.

Shu sababli karantin davrida harakatlanishga ruxsat etilgan viloyatlararo qatnovchi transport vositalari uchun vaqtinchalik M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo‘lining 104-152 kilometri va A-376 "Qo‘qon-Jizzax" avtomobil yo‘lining 219-242 kilometri orqali harakatlanish yo‘lga qo‘yilgan.

Haydovchilar uchun ushbu yo‘nalishni ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari va ishoralar belgilangan joylarga o‘rnatilgan.

Barcha haydovchilardan YPX xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajargan holda, ushbu ishora va belgilarga amal qilib, M-34 "Toshkent-Dushanbe" va A-376 "Qo‘qon-Jizzax" avtomobil yo‘li orqali harakatlanishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv toshqinidan so‘ng yondosh hududlardagi xalqaro ahamiyatga ega yo‘llar suv ostida qolib, zararlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Haydovchilar Sardoba suv ombori

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing