Toshkent ko‘chalaridan yana biri 5 kunga yopiladi (xarita)

Jamiyat

image

Poytaxtda Kichik halqa yo‘lining bir qismi yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshishi holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari sabab 5 kunga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasidan, Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hududda kollektor quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ushbu texnik ishlar 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi besh kunga yopiladi. Haydovchilarga esa harakatlanish uchun aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi boshqa bir qator ko‘chalar ham 31 avgustdan 3 sentyabrga qadar yopilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Haydovchilar ta'mirlash ko'chalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing