Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatlar bo‘yicha qo‘shimcha kiritiladi

Jamiyat

image

Yo‘l harakati qoidalariga elektron skuterlar va boshqa individual harakatlanish vositalariga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab DYHXX organlarida dvigateli 25 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega bo‘lgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 25 va undan ortiq kilometr bo‘lgan avtomototransport vositalari, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kVt va undan ortiq yoki soatiga 25 kilometr va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan transport vositalarini boshqarish faqat tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.

Shuningdek, loyiha bilan “skuter” va “individual harakatlanish vositalari” tushunchalariga ta’rif berilib, ularning qaysi toifadagi transport vositasi turiga kirishiga aniqlik kiritilmoqda.

  • gibrid avtomobil – ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transport vositasi; 
  • skuter-konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan, dvigatelining ish hajmi 25 sm3dan (ichki yonuv dvigateli bo‘lganda) yuqori, shuningdek nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli mexanik transport vositasi;
  • moped – eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan transport vositasi. Xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar ham mopedlarga tenglashtiriladi
  • individual harakatlanish vositalari” (IHV) – dvigatel (dvigatellar) (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar) yordamida odamning individual harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklari (roliklari) bo‘lgan transport vositasi.

Maqola muallifi

Teglar

skuter elektrosamokatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing