Toshkentda Isuzu skuter yo‘lovchisini bosib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Isuzu ckuter yo‘lovchisini bosib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 avgust kuni soat 19:10 larda Yangihayot tumani KXAY ko‘chasi 58-uy qarshisida Lacetti, ckuter va Isuzu rusumli yuk transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida ckuter yo‘lovchisi 2006 yilda tug‘ilgan M.S. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Nexia yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yuborgan edi. Oqibatda ayol vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent skuter Isuzu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing