“Yuksalish” umummilliy Harakatining Toshkent shahar bo‘linmasiga rahbar saylandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahar hokimligida “Yuksalish” umummilliy Harakatining Toshkent shahar bo‘linmasi rahbarini tanishtirish, tashkilotning rejalari va loyihalari haqida OAVga ma’lumot berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Toshken shahar Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yuksalish” umummilliy Harakatining Toshkent shahar bo‘linmasiga rahbar sifatida Shoumarov Dilshod Shavkatovich saylandi. 

“Yuksalish” umummilliy Harakati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda keng miqyosda olib borilayotgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini bajarishga ko‘maklashish, shuningdek, fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuksalish Toshken shahar

Baholaganlar

9

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing