“Yuksalish” NNT raisining maqomi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuksalish” umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoiliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, davlat boshqaruv organlari, xokimliklar o‘z faoliyatini “Yuksalish” harakatining mustaqilligi va uning faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qat’iy rioya qilgan holda hamkorlikda amalga oshiradi.

“Yuksalish” harakati raisi (Akmal Burhonov) maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.

“Yuksalish” harakatining hududiy bo‘linmalarini zarur texnika bilan ta’minlash mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Yuksalish

Baholaganlar

30

Reyting

2.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing