“Yuksalish”ning Qoraqalpog‘iston bo‘linmasiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
20 may 2020
4080“Yuksalish” umummilliy harakatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi rahbari etib Tajibay Niyetullayevich Romanov tayinlandi. U ushbu lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari orasidan tavsiya qilindi.
Tajibay Niyetullayevich 2017 yildan shu kunga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengash raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi, shuningdek 2015 yildan buyon jamoatchilik asosida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son farmoniga muvofiq “Yuksalish” umummilliy harakatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi rahbari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi maslahatchisi hisoblanadi.
LiveBarchasi