Davletov, Mirziyoyeva, Kudbiyev... O‘zbekistondagi yosh rahbar kadrlar ro‘yxati tuzildi

Jamiyat

image

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonda mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35 ro‘yxatini tuzdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bugun davom etayotgan islohotlar davrida yosh, progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e’tibor qaratilib, ular strategik muhim sohalarga jalb etilmoqda.

So‘nggi 3 yil mobaynida vazirlik va idoralardagi muhim lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlandi. Ularning aksariyati xorijda tahsil olgan, amaliy tajribaga ega va o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olganlar ekani aytiladi.

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda bugungi kunda islohotlar markazida bo‘lib, O‘zbekistonda mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35 talik ro‘yxatini tuzdi. 

Unda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan kadrlar o‘rin olgan. Ro‘yxatni shakllantirishda ularning tashabbuskorligi, yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishi, o‘zgarishlarga ochiqligi inobatga olingan, deyiladi harakat ma’lumotida.


Maqola muallifi

Teglar

Yuksalish umummilliy harakati

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing