Yuk tashuvchi samolyot birinchi marta uchuvchisiz parvoz qildi

Texnologiya

image

Reliable Robotics kompaniyasining Cessna 208 yuk tashuvchisi uchuvchisiz parvoz qilgan tarixdagi ilk samolyot bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Kompaniya bosh direktori Robert Rouzning izohlashicha, parvoz uchun aynan shu samolyot tanlanishiga u dunyodagi eng keng tarqalgan modellardan biri ekanligi sabab bo‘lgan. Xususan, 2023 yilgacha uning uch mingdan ortiq nusxasi ishlab chiqarilgan.

“Ammo bu samolyot bilan bog‘liq muammo shundaki, u bugungi kunda ko‘plab yirik samolyotlarga qaraganda pastroq balandliklarda va noqulay ob-havo sharoitida uchadi. Shu sababli, avtomatlashtirish bunday operatsiyalarning xavfsizligini ta’minlaydi”, deb tushuntirdi Rouz.

Bildirilishicha, parvoz Shimoliy Kaliforniyadagi Hollister aeroportidan amalga oshirilgan va 12 daqiqa davom etgan. Bunda uchuvchisiz boshqaruv tizimi samolyotni yerdan boshqaradigan masofaviy operatorga asoslangan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy uchuvchisiz uchar taksilar orqali odam tashishga ruxsat beruvchi sertifikatlarni berishni boshlagan va bu orqali u bunday turdagi xizmat ko‘rsatishga ruxsat bergan dunyodagi birinchi davlatga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot parvoz uchuvchisiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing