Yuk poyezdi 25 yashar yigitni urib ketdi
Jamiyat
−
12 mart 2019
8610Kecha, 11 mart kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Buvayda-Pop” temiryo‘lining 29-kilometri 3-piketida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi bir kishini urib yubordi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Og‘ir tan jarohati olgan fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Qurbon bo‘lgan shaxs Namangan viloyatining Pop tumani Navbahor mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. bo‘lgan.
“Qo‘riqlanadigan temiryo‘l kesishmalari, o‘tish joylarida poyezd, avtomobil va yo‘lovchilar harakati tunu kun nazoratda bo‘ladi va bunday halokatlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasining transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi katta inspektori leytenant J.Boltaboyev. –
Qayd etilishicha, mazkur holatda ham fuqaro temiryo‘lning aholi maskani hududidan o‘tgan qismida, aynan temiryo‘l ustidan yurib ketayotgan bo‘lgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan esa tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.
LiveBarchasi