Yuqorichirchiqda 4 ta avtomobil va avtobus to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 9 dekabr kuni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

YTH soat 07:30 lardaYuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan "Toshkent-Olmaliq" avtomobil yo‘lining 36-kilometrida sodir bo‘lgan. Tumanli ob-havo sharoitida, yo‘lning ko‘rinish masofasi kamligi sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan Damas, Nexia, Spark, Nexia-3 va Isuzu rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

202

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing