Yuk mashinasida “shumaxerlik” qilgan saksovulkesarlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 Oktabr
10315Buxoro viloyati bo‘ylab saksovulning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlarida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda so‘nggi 2 oyda 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Bu haqda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan saksovul o‘simliklari kesilishining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Xususan, viloyatning cho‘l hududlarida sentyabr-oktyabr oylari davomida o‘tkazilgan reydlar davomida jami 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi ( Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 so‘m zarar yetkazilganligi hisoblangan va 222 million 900 ming so‘m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashlari belgilangan.
“Ta’kidlash joizki, Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida saksovullarning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda o‘tkazilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat’iy qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘ida jami 2500 tupdan ortiq noyob va Qizil kitobga kiritilgan daraxtlar kesib ketilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
LiveBarchasi