Yuk mashinasi ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida Gaz 52 rusumli yuk mashinasi, yo‘l qatnov qismining chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 9 noyabr kuni taxminan soat 02:00 da 40 yoshli haydovchi Yo.A. Gaz 52 rusumli yuk mashinasini ishonchnoma orqali Amudaryo viloyati “G‘uzor-Buhoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomobil yo‘lining 727 km. da boshqarib ketayotib,  yo‘l qatnov qismining o‘ng chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.A.ni urib yuborgan. 

Natijada, B. K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.A. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda Yo.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib so‘roq qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing