“Yo‘q, bolalar”. Medvedev Rossiyaning G20 dan haydalishi haqida gapirdi 

Olam

image

Rossiyani “Katta yigirmatalik” (G20) dan chiqarib tashlab bo‘lmaydi, chunki bu format konsensual yo‘l bilan paydo bo‘lgan, G7 esa endi hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ta’kidlagan.  

“2008 yilda biz “yigirmatalik”ni yaratgan edik. “Rossiyani “yigirmatalik”dan chiqaraylik!” deyishadi. Lekin u mening ko‘z o‘ngimda qanday tug‘ilganini eslayman, bu qarorlar birgalikda qabul qilingan. Bunda avval Bush ishtirok etgan, keyin Obama. Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston kabi turli davlatlarning vakillari bir stolda o‘tirganidan hamma quvongan. Va bu konsensual, yakdillik asosida vujudga kelgan format edi. Endi ular bizga: “Keling, chiqaraylik”, deyishyapti. Yo‘q, bolalar, bunday qilish mumkin emas!”, deydi Medvedev. 

Uning eslatishicha, 2014 yilda Rossiya G8 dan chiqarilgan, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, “bu boshqa masala”.

“Bizni sakkizinchi a’zo bo‘lishga taklif qilgan edingiz. Bu boshqa masala, bu sizning qandaydir yopiq klubingiz, bizni ko‘rishni xohlamaysiz – biz u yerdan ketdik. Lekin hozir bu klubning umuman ahamiyati yo‘q. G20 boshqa masala, lekin bu G20 bizga 2008 yildagi inqirozni yengishda yordam berdi”, degan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari. 

Ma’lumot o‘rnida, G20 ga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi a’zo hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1257

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing