YTHda bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi va 5 nafari jabrlandi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2019
3247Bugun, 12 oktyabr kuni Rossiyaning Saratov viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, besh nafari jabrlandi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati Rossiya FVVning Saratov viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Petrovsk tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M. S. halokat joyida vafot etdi, 5 nafar o‘zbekistonlik jarohat bilan tuman shifoxonaga joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi hamda marhumaning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15