YTH: NKMK ishchilari avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 5 yanvar kuni soat 06:40 atrofida Navoiy viloyati Konimex tumani Navoiy – Zarafshon trassasining 61 kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nexia rusumli avtomobil Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatining ishchi-xodimlarini olib ketayotgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylangan 19 nafar fuqarodan 10 nafarining ahvoli yaxshi bo‘lganli bois uyiga javob berilgan.

Ushbu avtohalokat natijasida ikki nafar fuqaro – Tomdi tumandan 58 yoshli A.M. va Konimex tumanidan M.U. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Sakkiz nafar fuqaro esa Konimex tumani Zafarobod posyolkasidagi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli 5-sonli tibbiy sanitariya qismiga tez tibbiy yordam brigadasi yordamida olib kelingan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur tibbiy sanitariya qismiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialidan malakali neyroxirurg va travmatolog mutaxassislar Sanitar aviatsiya orqali jo‘natilgan.

Jarohatlanganlar Tomdi tumanidan 18 yoshli A.A., 46 yoshli A.N. va 20 yoshli A.K., Konimex tumanidan 14 yoshli A.J., 41 yoshli A.J. va 56 yoshli B.K. Zafarobod posyolkasidan 20 yoshli N.S. hamda 27 yoshli S.Sh.lar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ulardan bittasining ahvoli og‘ir, uchtasining ahvoli esa esa o‘rtacha og‘irlikda, qolgan to‘rt nafarining ahvoli qoniqarli darajada. 

Ayni paytda ularning ahvoli malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib, standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmokda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing