YPX xodimining niqobsiz yurgani bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda soat 03:00da YPX xodimlari tibbiy niqob va bosh kiyimsiz mast holatda yurgani haqida video lavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan YHXBB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Video lavha yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX katta inspektori A.Ajiniyazov joriy yilning 31 mart kuni belgilangan taqsimot asosida Nukus shahri Aeroporti va shimoliy avtovokzal yo‘nalishida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu kuni soat 22:00 dan 01 aprel kuni soat 03:00 ga qadar xizmatga jalb etilgan. Unga biriktirilgan Lacetti rusumli, davlat raqami 95 552 VSF xizmat avtomashinasida xizmatni yakunlagandan so‘ng qaytayotganda, karantin vaqtida ko‘chada yurgan fuqaroga xizmat avtomashinasida o‘rnatilgan maxsus moslama ovoz kuchaytiruvchi mikrofon orqali uyiga kirishini va karantin tartibiga rioya qilishini so‘ragan. Shu vaqtda, ushbu fuqaro A.Ajiniyazovning tanishi bo‘lib chiqib, u bilan so‘rashish uchun avtomashinasidan bosh kiyimsiz va tibbiy niqobsiz tushgan.

A.Ajiniyazov tanishi fuqaro A.Abdullayev bilan so‘rashib, bir daqiqa gaplashib turib, unga uyiga qaytib dam olishini va karantin vaqtida maqsadsiz ko‘chada yurish mumkin emasligini tushuntirib, o‘zining xizmat avtomashinasiga minib uyiga qaytgan.

Ushub holat voqeaga aloqasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan uyali telefon apparati orqali video tasvirga olinib, “Kechasi soat 03:00da YPX xodimlari mast holatda yuribdi, o‘zlarida tibbiy niqob va bosh kiyimi yo‘q” sarlavhasi ostida  ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Tekshiruv ishlari davomida, YPX inspektori A.Ajiniyazov shu kuni xizmatda bo‘lganligi va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX karantin

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing