YPX xodimini “shantaj” qilmoqchi bo‘lgan haydovchi javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Denov tumanida Yo‘l patrul xizmati xodimi boshqaruvidagi multiradar o‘rnatilgan Cobalt avtomashinasi ortidan harakatlanib, uni jarimaga tortish uchun video tasvirga olgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, multiradar moslamasi o‘rnatilgan Cobalt avtomashinasini boshqarib borayotgan Yo‘l patrul xizmati inspektorining tormozni bosishi uning ortidan borayotgan Damas haydovchisining “shantaj” qilishi uchun qo‘l kelgan. Chunki u uzoq masofadan buyon xodimning qoida buzishini kutib, holatni mobil telefoni xotirasiga muhrlab kelayotgan bo‘ladi.

Vaholanki, oradagi masofani saqlamagan haydovchi aybdor bo‘lsa-da, vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilib, go‘yoki Ichki ishlar xodimini aybdor qilib ko‘rsatib, mobil telefon xotirasiga yuklangan videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatadi. Qolaversa, multiradar avtomashinasining oldini siqish yo‘li bilan to‘xtatib janjal ko‘taradi. 

“Men o‘z avtomobilimda multiradar o‘rnatilgan mashinani qisib, haydovchi va o‘zimning hayotimga xavf tug‘dirdim va uni to‘xtatib baqir-chaqir qildim. Qolaversa, videoga olib o‘zimni oqlamoqchi bo‘ldim. Qilgan aybimga iqrorman va pushaymonman”, degan Damas haydovchisi.

Inson hayotiga xavf tug‘diruvchi xatti-harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida YPX xodimini bosib ketgan Damas haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo javobgarlik shantaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing