YTH qurboni bo‘lgan YPX inspektorining o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida 19 yoshli haydovchi Lacetti`da bosib ketgan Yo‘l-patrul xizmati xodimi Salim Umarov 3 kun o‘tib, vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Irina Sayfutdinovaning QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Mirobod tumanida IIBB YPX xodimi bosib ketilgan YTH bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda sud YTH sodir etgan Lacetti haydovchisini qamoqqa olishga sanksiya berdi. Tergov harakatlari davom etyapti”, dedi Sayfutdinova.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Salim Umarov o‘limiga joriy yilning 1 yentyabr kuni Mirobod tumanida yuz bergan YTH sabab bo‘ldi.

Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvchidagi Captiva rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Serjant Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlagan. Shu vaqtda Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini bosib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH YPX

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing