YouTube yangi funksiyasini taqdim etdi

Texnologiya

image

YouTube video platformasi sozlamalariga “Barqaror ovoz balandligi” deb nomlangan qo‘shimcha funksiyasini kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Platformadagi yangilik haqida YouTube vakillari hech qanday rasmiy e’lon bermagan. Yangi imkoniyatni mashhur texnologiya blogeri Brandon Li birinchi bo‘lib payqadi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. U ulashgan Screenshot'larga ko‘ra, ekranning yuqori qismida joylashgan sozlamalar orasida videolardagi ovoz balandligini avtomatik ravishda boshqarish tugmasi paydo bo‘lgan. 

Funksiyani sinab ko‘rgan foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, muruvvat videodagi ovoz balandligini me’yorlashtiradi, ya’ni, qichqiriq yoki baland fon tovushlarini yumshatadi. Shuningdek, videolardagi juda past ovozga ega qismlarning sifatini yaxshilaydi.

Android va IOS mobil operatsion tizimlarining aksariyat foydalanuvchilari hali ham bunday imkoniyatga ega emas. Yangilik YouTube'ning navbatdagi yangilanishida mobil operatsion tizimning barcha foydalanuvchilari uchun tatbiq etilishi kutilmoqda.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YouTube

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing