Telegram, Instagram, Facebook o‘chirilganidan Mirziyoyev ham xabar topdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar Youtube, Facebook, Telegram, Instagram hamda Moy Mir, Odnoklassniki, Linkedln’ga qo‘yilgan cheklov Prezident Shavkat Mirziyoyev aralashuvi bilan bekor qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Hukumat ko‘rsatmasiga asosan “O‘zkomnazorat” tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilingan harakat haqida Prezident xabar topdilar. Uylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi”, degan Asadov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 noyabr kuni soat 19:30 lar atrofida O‘zbekistonda “Moy Mir”, “Odnoklassniki”, “Youtube”, “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” va “Linkedn” kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida uzilishlar kuzatila boshlandi. Keyinroq Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ushbu platformalarni Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritgani ma’lum bo‘ldi.

Oradan ko‘p o‘tmay, ushbu tarmoqlar faoliyatiga qo‘yilgan cheklov rasman bekor qilindi. Cheklovni o‘rnatgan tashkilot Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev Bosh vazir qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing