Yoaxim Lyov O‘zbekiston taklifini rad etdi – OAV

Sport

image
Mashhur germaniyalik murabbiy “Paxtakor” murabbiyiga aylanadimi? north_east

Mashhur germaniyalik murabbiy “Paxtakor” murabbiyiga aylanadimi?

2014 yilgi Jahon chempioni, Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov o‘z intervyularida yangi terma jamoa loyihasini qabul qilishga ochiqligini bir necha bor aytgan edi. Ammo u O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy taklifini qabul qilmagan. Bu haqda Germaniyaning “Bild” nashri xabar berdi.

O‘zbekiston ilk bor JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnirda yaxshi natija qayt etishni maqsad qilgan. FIFA reytingida 55-o‘rinda turgan mamlakat Yoaxim Lyovga qiziqish bildirgan, hatto Berlindagi elchixona orqali ham aloqalar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, murabbiy taklifni bir necha kun o‘ylab ko‘rgan, ammo yakunda muloyimlik bilan taklifni rad etishga qaror qilgan. U O‘zbekiston rasmiylari bilan yuzma-yuz uchrashuv ham o‘tkazmagan.

Ma’lumot uchun, Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini 2006 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa 2014 yili Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionatida va 2017 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida g‘olib chiqqan. 2021 yildan buyon mutaxassis hech qaysi jamoada ishlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Temur Kapatze boshchiligida BAAga qarshi o‘yinda durang natija qayd etib, Jahon chempianati yo‘llamasini qo‘lga kiritgan edi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yoaxim Lyov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing