Yirtqich amyoba 17 yoshli qizning miyasini yeb bitirdi

Salomatlik

image

AQSHda 17 yoshli Megan ismli qiz suzish uchun ko‘lga borgan va 9 kundan keyin vafot etgan. Bunga esa o‘ta xavfli bakteriya sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, Meganning o‘limiga ko‘l va daryolarda yashovchi yirtqich amyoba Nayegleria fouleri sabab bo‘lgan. U cho‘milayotganda odamlarning burni orqali miyasiga joylashib oladi va inson a’zosini yeb bitiradi.

Nayegleria fouleri so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “miyani iste’mol qiladigan amyoba” degan ma’noni anglatadi. Bu bakteriyalarni iste’mol qiladigan mikroorganizm bo‘lib, juda kam uchraydi va to‘satdan og‘ir o‘limga olib keladigan miya infeksiyasini keltirib chiqaradi. Bu mikroorganizm odatda iliq chuchuk suv havzalarida, xususan, ko‘llar, daryolar, issiq buloqlar, iliq suv chiqarish sanoatlari yoki elektr stansiyalari, quduq suvi, kam xlorlangan suzish havzalari, suv isitgichlari, tuproq va ba’zi suv quvurlarida uchraydi. 

Nayeglerioz infeksiyasi 1965 yilda Avstraliyada,1962 yildan 1965 yilgacha Chexoslovakiya, 2003, 2011, 2013 va 2020 yillarda AQSH, 2008 yilda esa Pokiston qayd etilgan.

Shu sababdan, taqiqlangan va tekshirilmagan suv havzalarida cho‘milish hayot uchun juda xavflidir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy Misrning Qena provinsiyasidagi El-Alikat qishlog‘i aholisida denge bezgagi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh miya ko'l yirtqich amyoba Naegleria fouleri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing