Yildiz Tilbe G‘azoda har kuni 12 ming kishiga iftor dasturxoni yozadi
Madaniyat-san’at
−
12:03 2374 1 daqiqa
Turkiyalik mashhur xonanda Yildiz Tilbe G‘azo va boshqa inqiroz yuz berayotgan hududlarda katta yordam kampaniyasini boshladi. Xonanda Ramazon oyi davomida har kuni G‘azoda qurolli to‘qnashuvlar oqibatida ochlikdan aziyat chekayotgan 12 ming kishiga iftor dasturxonini yozadi.
Qayd etilishicha, Tilbe muhtojlarga iftor uchun issiq taomlarni nodavlat tashkilotlar orqali yetkazadi va iftor tadbirlarini moliyalashtirish bosqichlari allaqachon yakunlagan.
Tilbe faqat bir mintaqa bilan cheklanmay, “Har bir uyda issiq ovqat bo‘lishi kerak!” shiori bilan keng geografik hududda muhtojlarga yordam yetkazmoqda. Yordam ishlari Yaman, Suriya, Afg‘oniston, Sharqiy Turkiston (Xitoyning Shinjon viloyati), Efiopiya, Janubiy Sudan, Arakan va Kashmir kabi hududlarga ham yetkazilishi rejalashtirilgan.
Ramazon iftori dasturxonining tashkiliy qismini Tilbe nomidan Quddus ko‘ngillilari uyushmasi yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yildiz Tilbe G‘azoda ikkita chodir shaharchasini qurish uchun Quddus ko‘ngillilar uyushmasiga 300 000 AQSH dollari xayriya qilgan edi.
Live
Barchasi