Narxlar yil boshidan beri qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020
4289Oktyabr oyida iste’mol narxlari va tariflarining o‘rtacha darajasi 1,4 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida aytilgan. Yanvar-oktyabr oylarida iste’mol bozorida narxlar va tariflar o‘rtacha 7,8 foizga o‘sdi.
Oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 2,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashgan.
Umuman olganda, yilning o‘n oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 10 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 6,9 foizga, xizmatlar narxi 5,2 foizga o‘sdi.
Oktyabr oyida kuzatilgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari orasida narxlarning sezilarli o‘sishi tuxum (17,7 foiz), sariyog‘ va yog‘lar (9,5 foiz), meva va sabzavotlar (3,2 foiz), shuningdek, shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida qayd etilgan (2,3 foiz). Bir oy davomida sut mahsulotlari 0,9 foizga, go‘sht, parranda go‘shti va baliq, alkogolli mahsulotlar 0,7 foizga, non mahsulotlari 0,5 foizga o‘sdi. Umumiy ovqatlanish sohasida narxlar 1,3 foizga o‘sdi.
Ko‘rilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari orasida sentyab oyidagi kabi narxlar o‘sishi bo‘yicha yetakchilik avtoulovlarning yoqilg‘isi narxi bo‘yicha bo‘lib, ular o‘rtacha 1,7 foizga qimmatlashdi.
Oktyabr oyida aholiga pullik xizmatlar tariflari 0,7 foizga oshdi. Yo‘lovchilar transporti xizmatlari narxi bir oy ichida 1,8 foizga, shu jumladan havo xizmatlari — 5,2 foizga, avtomobillar — 1,4 foizga, temir yo‘llar — 0,2 foizga o‘sdi.
Umuman olganda, yanvar-oktyabr oylarida tariflar narxining eng ko‘p o‘sishi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (15,2 foiz), dam olish xizmatlari (10 foiz), yo‘lovchilar transporti (9,9 foiz) va maishiy xizmatlarda (9,7 foiz) kuzatildi.
LiveBarchasi