Yil boshidan beri fuqarolar qancha valyuta sotib olgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu avvalgi yilning mos davriga nisbatan 25 foizga yoki 744 mln dollarga ko‘p.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklarda sotib olingan valyuta hajmi esa 3,3 mlrd dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobar oshgan (2019 yilning mos davrida – 1,2 mlrd. doll.).

Bunda ushbu mablag‘larning 79 foizi aholi tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd ko‘rinishda hamda 21 foizi yoki 687 mln. doll. muqobil tartibda (onlayn konversiya, avtomatlashtirilgan ayirboshlash bankomatlari va hokazo) xarid qilingan.

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 350 mln. dollarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyuta

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing