Yil boshidan beri 37 ta loyihaning bittasi bajarilgan – Prezident farmatsevtika sohasini tanqid qildi

Jamiyat

image

Joriy yilga farmatsevtika sohasida rejalashtirilgan 100 million dollarlik 37 ta investitsiya loyihasidan bugungi kungacha faqat bittasi foydalanishga topshirilgan. Bu haqda Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sohadagi bu qoloqlikni keskin tanqid qilgan. Shuningdek, kelgusi yilda 149 million dollarlik 37 ta loyiha bo‘yicha amaliy ishlarni hozirdan boshlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Sohadagi yana bir kamchilik – oxirgi yillarda tashkil etilgan 16 ta yirik korxonaning 8 tasi to‘liq quvvatda ishlamayotgani ham tanqidga sabab bo‘lgan. Mutasaddilarga ularni birma-bir tahlil qilib, to‘liq quvvatga chiqishiga ko‘maklashish topshirildi.

Mahalliy korxonalarda 3 mingdan ortiq nomdagi dori-darmon ishlab chiqarilsa-da, ular asosan murakkab bo‘lmagan jenerik vositalardan iborat.

“Pandemiya hammamizning ko‘zimizni ochdi, farmatsevtika nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik jihatidan ham strategik tarmoq ekanini ko‘rsatdi. Birinchi bo‘lib farmzonalar tashkil etganimiz bejiz emas. Biz juda ko‘p narsaga dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz kerak”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing