Qaysi davlat rahbarlari G‘alaba paradi uchun Moskvaga boradi?

Olam

image

Bir necha davlat rahbarlari 9 may kuni G‘alaba bayramini nishonlash marosimida ishtirok etish uchun Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ushbu davlat Prezidentlari matbuot xizmatlari birin-ketin ma’lum qilmoqda.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov va Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon Moskvaga boradi.

Shuningdek, G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga Laos, Gvineya-Bisau va Kuba Prezidentlari keladi.

Qizil maydondagi G‘alaba paradida 9000 dan ortiq kishi va 70 ta texnika ishtirok etadi.

Hozircha O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ushbu paradga borish-bormasligi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Moskvadagi G‘alaba paradida MDH davlatlarining deyarli barcha rahbarlari, xususan, O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ham ishtirok etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev G'alaba paradi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing