Yiqilganlar diqqatiga! 8 ta universitet imtihonsiz talaba bo‘lishga taklif etmoqda

Biznes

image

Oramizda mandat chiqishini kunlab kutgani yetmagandek, o‘qishga kirolmay, umidsizlikka tushib qolganlar ancha. Ayniqsa, ota-onasining qistovi bilan yoki tavakkal qilib oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirganu lekin kirolmaganlar o‘zini yana bekorchilikka mahkum etishi aniq. Lekin omad sizdan butkul yuz o‘girgani yo‘q. Omadingiz sizni aynan INSIDE-A ta’lim-konsalting markazida kutmoqda. Va siz INSIDE-A ta’lim-konsalting orqali HECH QANDAY IMTIHONSIZ talaba bo‘lishingiz mumkin. 
 
Kim bo‘lmoqchisiz – uchuvchi, kosmonavt, shifokor, huquqshunos, axborot texnologiyalar mutaxassisi? Xullas, sizda 100 dan ortiq yo‘nalishda xorijning eng nufuzli universitetlarida ta’lim olish va xalqaro diplom bilan dunyoning istalgan mamlakatida faoliyat yuritish imkoni bor. Ayniqsa, uchuvchilar tayyorlaydigan universitetni tanlasangiz bormi, oshig‘im olchi deyavering. Bunday ta’lim muassasasi O‘zbekistonda yo‘q. Vaqtida bir imtihondan yiqilgan bola butun fazoni zabt etib tursa yomonmi?! Bunda sizga INSIDE-A ta’lim-konsalting markazi yordam beradi. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonda xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qishni taklif qilayotgan konsalting markazlari talaygina. Lekin ular orasida ishonchlilari kam. Axir kim ham yillar davomida oq yuvib, oq tarab, voyaga yetkazgan farzandini, ayniqsa, qizini xorijga ishonib jo‘natib qo‘yadi. Bugungacha INSIDE-A’ga ishonganlarda bunday muammo bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. 

Birinchidan, INSIDE-A tomonidan tavsiya etilayotgan universitetlar dunyoning TOP-1000 reytingiga kirgan va siz INSIDE-A ta’lim-konsalting markazi orqali HECH QANDAY IMTIHONSIZ ushbu ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishingiz mumkin. 

Ikkinchidan, Ukraina MDHdagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mehmondo‘st va oliyjanob xalqi, yashash tarzi va mamlakat tabiati o‘zbekistonlik talabalar uchun ayni muddao. 

Uchinchidan, Ukrainadagi oliy o‘quv yurtlari azaldan MDHda nufuzi va ta’lim sifati bilan ajralib turgan. Bugun O‘zbekistonda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan huquqshunoslar, doktorlar, professorlarning ko‘pchiligi aynan Ukrainadagi oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan. 

To‘rtinchidan, Ukrainaning Kiyev va Xarkov shaharlarida ayni vaqtda 5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda. Bu esa talabalar orasida o‘zbek diasporasi mavjudligi, farzandingiz yolg‘izlanib qolmasligidan dalolat. 

Beshinchidan, INSIDE-A tavsiya etayotgan universitetlarga HECH QANDAY IMTIHONSIZ qabul qilingan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘qishini O‘zbekistonga ham ko‘chirish imkoniyatiga ega. 

INSIDE-A O‘zbekistonda va Ukrainada ham ro‘yxatda o‘tib, qonuniy tarzda faoliyat olib boradi. 

HAMMANING OLIY TA’LIM OLISHGA HAQQI BOR!

“Hammaning oliy ta’lim olishga haqqi bor. O‘zim ham O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kira olmay, Ukrainaga kelganman. 2016 yilda O‘zbekistonda xorijda o‘qishni orzu qiluvchi minglab yoshlarga yordam berish maqsadida ushbu ta’lim-konsalting markaziga asos soldik. Bu orada tarmoqda bizga o‘xshagan markazlar soni ko‘paydi. Albatta, raqobatdan qo‘rqmaymiz, agar u halol bo‘lsa. Lekin boshqa “hamkasblarimiz” sabab yigit-qizlar Ukrainaga borgach, o‘qishi tayin bo‘lmay, boshpanasiz qolib ketganini ham ko‘rdik. Ana shunday markazlarga nisbatan ta’lim so‘zi ishlatilishiga qarshimiz. Ularning maqsadi ta’lim yoki oliy ta’lim olganlar sonini ko‘paytirish emas, balki cho‘ntakni qappaytirish.

Odamlar bizga eng katta boyligi – farzandini ishonib topshiradi. Shu bois barcha ishlarimiz 100 foiz qonuniy va yuksak darajada tashkil etilishiga asosiy e’tiborimizni qaratganmiz”, deydi INSIDE-A ta’lim-konsalting markazi rahbari Jahongir Safarov. 

INSIDE-A’ga murojaat qilgan abituriyentlar qaysi OTMda IMTIHONSIZ talaba bo‘lishlari mumkin? 

1.  Xarkov milliy aviatsiya universiteti
2.  Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti
3.  V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti
4.  Xarkov milliy politexnika universiteti
5.  Xarkov milliy tibbiyot universiteti
6.  Xarkov milliy aerokosmik universiteti
7.  Xarkov milliy shahar xo‘jaligi universiteti
8. Xarkov milliy axborot texnologiyalari universiteti

Universitetlarda ta’lim jarayonlari rus tilida olib boriladi. Rus tilini bilmagan talabalar uchun maxsus til kurslari mavjud. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda ingliz tili ham o‘qitiladi. 

Talabalar Ukrainaga kelgan birinchi kundanoq yotoqxona bilan ta’minlanadi. 

Ota-onalarda farzandlarining ta’lim olish jarayonlarini, davomatini masofadan turib nazorat qilib borish imkoniyati mavjud. 

OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

•  Fuqarolik pasporti nusxasi;
•  Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
•  Maktab attestati yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Jangoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.

Mo‘ljal: G‘ofur G‘ulom metro bekati.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4423010, +99897 4333010, +99897 422 3010

Batafsil ma’lumot uchun:

Telegram    Telegram bot    Facebook    Instagram    Sayt

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

INSIDE-A

Baholaganlar

1053

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing