Aeroportda nima shov-shuv?! Imtihonsiz talaba bo‘lganlarning birinchi guruhi Ukrainaga jo‘nab ketdi

Biznes

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti o‘z maqsadlari yo‘lida xorijga o‘qishga ketayotgan talabalar va ularni kuzatishga chiqqan ota-onalar bilan gavjum bo‘ldi. INSIDE-A agentligi tomonidan Ukrainaning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga IMTIHONSIZ o‘qishga qabul qilingan talabalarнинг birinchi guruhi yo‘lga chiqdi. 

Ma’lumki, kuni kecha O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari e’lon qilingan edi. Ushbu test sinovlaridan o‘tolmagan, biroq o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar  Ukrainadagi universitetlarda ta’lim olish uchun  INSIDE-A agentligiga murojaat qilishgan. Bir hafta o‘tar-o‘tmas esa talabalik baxtiga musharraf bo‘lishdi. Ushbu jarayonda QALAMPIR.UZ muxbiri ham ishtirok etdi. 

O‘zbekiston OTMlari uchun imtihon topshirgan, biroq talaba bo‘lolmagan abituriyent qanday qilib Yevropaning nufuzli universitetlarida talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi, deysizmi? Bu judayam oson! Shunchaki, Toshkent shahrida joylashgan INSIDE-A agentligiga murojaat qiling va IMTIHONLARSIZ Ukrainadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Unutmang, bu hayotingizdagi eng to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. 

INSIDE-A agentligi abituriyentlarga 100 dan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 8 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tavsiya etadi. Eng muhimi, ushbu universitetlar diplomi bilan dunyoning istalgan mamlakatida ishga joylashish va o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish imkoniyati mavjud. Bular: 

1.  Xarkov milliy aviatsiya universiteti
2.  Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti
3.  V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti
4.  Xarkov milliy politexnika universiteti
5.  Xarkov milliy tibbiyot universiteti
6.  Xarkov milliy aerokosmik universiteti
7.  Xarkov milliy shahar xo‘jaligi universiteti
8. Xarkov milliy axborot texnologiyalari universiteti

INSIDE-A tavsiya etayotgan universitetlarda ta’lim rus tilida olib boriladi. Agar rus tilini bilmasangiz, siz uchun maxsus til kurslari joriy etiladi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda ingliz tili ham o‘qitiladi. 

INSIDE-A agentligi yordamida farzandini Ukrainaga o‘qishga jo‘natayotgan ota-onalar esa farzandining turar joyidan tashvish qilmasaligi mumkin. Sababi, talabalar Ukrainaga kelgan ilk kunidanoq yotoqxona bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga ota-onalarga  farzandining davomatini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Biz INSIDE-A agentligi asoschisi Jahongir Safarov bilan suhbat jarayonida  “Kompaniya tashkil topganidan shu paytga qadar qancha  abituriyent talabalik baxtiga erishdi?”, deya so‘radik. Javob quyidagicha bo‘ldi:

Jahongir Safarov, INSIDE-A agentligi asoschisi: — Agentligimiz 2016 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunga kelib, 500 dan ortiq abituriyent talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. 

Nozima Nazirova, muxbir: — Kompaniya tomonidan Ukrainaga o‘qishga yuborilgan ilk o‘zbekistonlik abituriyentlar bu yil o‘qishni tamomladilar. Ular O‘zbekistonga kelishganida xorij diplomining tan olinishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmaydimi?

J.S.: — Yo‘q, albatta! Sababi, diplomning tan olinish tartiblari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bugungi kunda Vatanimiz siyosati va yoshlarga qaratilgan barcha shart-sharoitlar tufayli hech qanday to‘siqlar qolmadi. Bundan tashqari, biz ota-onalar bilan uch tomonlama muloqot qilamiz. Toshkentdagi filialimiz ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada bo‘ladi. Ularga farzandining davomati, sog‘lig‘i, turar joyi haqidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda berib boramiz.

Ayni vaqtda xorijdagi ta’lim muassasalarida o‘qishni taklif qilayotgan konsalting markazlari talaygina. Lekin, ular orasida ishonchlilari kam. Ayniqsa, turli firibgarlar tuzog‘iga tushib, ham puliga, ham vaqtiga kuyib qolganlarni eshitgan ota-onalar o‘z farzandini xorijga o‘qishga jo‘natishga biroz cho‘chishadi.  INSIDE-A bilan hamkorlik qilganlarda esa bugunga qadar bu kabi muammoga duch kelinmadi. Shu bois, ota-onalarning ko‘ngli xotirjam.

Xarkov milliy aviatsiya universiteti talabasiga aylangan samarqandlik Xojimurod Izzatullayevning onasi o‘g‘lining o‘qishidan ko‘ngli to‘q ekanini gapirar ekan, farzandi kelajagi uchun xuddi o‘zlaridek qayg‘urayotgan INSIDE-A agentligiga minnatdorligini bildirdi.

“Ushbu kompaniyani o‘g‘limning o‘zi izlab topdi. O‘g‘lim hujjatlarini tayyorlab, agentlikka topshirgan edi. Bugun taklifnoma asosida kompaniyaga tashrif buyurdik. Ota-onalar bilan alohida majlis o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi. INSIDE-A ishonchli kompaniyaligidan umidvorman. 

O‘g‘lim bolaligidanoq uchuvchi bo‘lishni orzu qilardi va shu yo‘nalishni tanladi. 

Biz o‘zbeklar bolajon xalqmiz-da. Oilalarda ko‘pfarzandlilik odatiy hol. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham superkontrakt asosida to‘lov qilib o‘qish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Agar bu kabi shartnoma turlari bilan hisoblaydigan bo‘lsak, farzandimiz kelajagi uchun kompaniya tomonidan taklif etilgan narx vahimali emas. Universitetning kontrakt narxlari bizni qanoatlantiradi. Oilamiz nomidan INSIDE-A agentligidan mamnunligimizni bildiraman”, deydi Dilfuza Ro‘ziqulova.

Xarkov milliy aviatsiya universitetiga imtihonsiz qabul qilingan talabalardan yana biri Abdulaziz Zohidjonov bo‘ladi. Buvisi Muqaddas Qoraboyeva nabirasi mana shu nufuzli universitetni yaxshi baholar bilan tamomlab, o‘z Vataniga kerakli kadr bo‘lib qaytishini duo qilmoqda.

“Bugun nabiram Abdulazizjon INSIDE-A kompaniyasi yordamida Ukraina davlatiga o‘qishga ketyapti. Biz kompaniya faoliyati hamda Ukrainadagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Yotoqxona, o‘qish sharoitlari va qolgan barcha imkoniyatlar bizni qoniqtirdi. Talabalar uchun juda yaxshi sharoitlar tashkillashtirilibdi. Tashkilotchilardan, Ukrainadagi o‘qish tizimidan ko‘nglimiz xotirjam. 

Xudo xohlasa, xorijda talabalikni qo‘lga kiritgan yoshlarimiz hamma qatori muvaffaqiyatli o‘qib, yuzimizni yorug‘ qiladi, mamlakat ravnag‘iga hissa qo‘shadi degan umiddamiz. 

Oldin bolalar o‘qishga yolg‘iz jo‘natilardi. Yaxshi yetib oldimi, o‘qishni qanday boshladi, yotoqxonadagi shart-sharoit qanday, deb ota-onalar bezovta bo‘lishardi. INSIDE-A tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan xursandmiz!”, deydi Muqaddas Qoraboyeva.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

●  Fuqarolik pasporti nusxasi
●  Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi
●  Maktab attestati yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.

Vaqt oz qoldi! Shoshiling!

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Jangoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.

Mo‘ljal: G‘afur G‘ulom metro bekati.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4423010, +99897 4333010, +99897 422 3010

Telegram    Telegram bot    Facebook    Instagram    Sayt

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

INSIDE-A

Baholaganlar

47

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing