Yevroparlamentga saylovlar boshlandi

Olam

image

Yevropa Ittifoqida bugun, 6 iyun kuni Yevropa parlamentiga saylovlar boshlanadi. Yevropa Ittifoqining 27 davlatidagi saylovchilar Yevropa siyosatidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan saylovlarda ishtirok etadi. Saylovlarda o‘ta o‘ngchilarning nisbiy muvaffaqiyati kutilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

6 iyundan boshlab ovoz berish huquqiga ega 373 millionga yaqin yevropalik Yevroparlamentning 720 nafar a’zosini saylash uchun saylov uchastkalariga boradi. Bugun Gollandiya, ertaga, 7 iyunda Irlandiya va Malta, 8 iyun kuni esa Latviya va Slovakiya davlatlarida ovoz berish jarayoni boshlanadi. Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlarida ovoz berish 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Aksariyat mamlakatlarda fuqarolar 18 yoshdan, Gretsiyada 17 yoshdan, Germaniya, Avstriya, Belgiya va Maltada 16 yoshdan boshlab ovoz berishi mumkin. Lyuksemburg va Bolgariya kabi bir qancha mamlakatlarda ovoz berish majburiydir.

Har bir mamlakatdan deputatlar soni uning aholisiga mutanosib. Yevropa Ittifoqining eng ko‘p aholisi bo‘lgan Germaniya 96 ta, Fransiya 81 ta, Malta, Kipr va Lyuksemburg esa 6 tadan o‘rin oladi.

Agar prognozlar to‘g‘ri chiqsa, Yevroparlamentdagi o‘ta o‘ngchi deputatlarning ulushi 25 foizgacha oshishi mumkin va ular 184 o‘ringa ega bo‘lishi bashorat qilinmoqda. So‘l markazchi, liberal va yashil partiyalar esa aksincha, o‘z mandatlarini yo‘qotishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Evroparlament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing