Yevroparlament Rossiyaga qarshi yana bir qarorni qabul qildi

Olam

image

Yevropa parlamenti kecha, 24 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi kengashi bilan Ukrainaning sobiq hududlari, shuningdek, (tan olinmagan) Abxaziya va Janubiy Osetiyada chiqarilgan xalqaro pasportlarni tan olmaslik haqidagi kelishuvni ma’qulladi. 

Qaror 531 nafar “ma’qul” ovoz bilan qabul qilindi, 7 nafar deputat “qarshi”, 34 nafar deputat betaraf qoldi. 

Qarorga ko‘ra, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng “Rossiyaning sayohat hujjatlari, xususan, tan olinmasligi kerak bo‘lgan pasportlar ro‘yxati”ni tuzishi kerak bo‘ladi. 

Biroq, mojaro zonalarini tark etish uchun Yevropa Ittifoqiga kelgan shaxslar gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilinishi mumkin. 

Yevropa Parlamenti tomonidan ma’qullangandan va YeI Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, hujjat Yevropa Ittifoqining “Rasmiy jurnali”da e’lon qilinadi va tegishli huquqiy hujjat ertasi kuni kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Strasburgda Yevropa Ittifoqi parlamenti Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Qarorni 494 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 58 nafari qarshi, 44 nafari betaraf qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Evropa parlamenti

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing