Yevropaning yana bir rivojlangan davlati Bosh vazirsiz qoldi
Olam
−
21 iyul 2022
12148Bugun, 21 iyul kuni Italiya Bosh vaziri Mario Dragi iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Mario Dragi Prezident Serjo Mattarella bilan uchrashdi va unga ikkinchi marta hukumati bilan birga iste’foga chiqish niyati haqida ma’lum qildi.
“Respublika Prezidenti buni e’tiborga oldi. Hukumat joriy muammolarni hal qilish uchun hokimiyatda qoladi”, deyiladi idora bayonotida.
Dragi va Mattarella o‘rtasidagi suhbat taxminan yarim soat davom etgan.
Italiya Bosh vaziri joriy yilning 14 iyul kuni parlamentdagi ovoz berishdan so‘ng o‘z lavozimini tark etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Hukumatni boshidanoq qo‘llab-quvvatlagan umummilliy ko‘pchilik endi yo‘q.
Italiya Tashqi ishlar vazirligi 11 shahar merlari Bosh vazirni lavozimini tark etmaslikka chaqirdi. Ularning fikricha, yangi saylovlar bo‘lsa, davlat iqtisodiyotini tiklamasligi, energiya narxini amortizatsiya qilish uchun 15 milliard yevro miqdoridagi ikkinchi qo‘llab-quvvatlash paketini qabul qilmasligi va Yevropada gaz narxiga cheklovlar qo‘llanilishini himoya qilmasligi mumkin.
Avvalroq, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, Germaniya kansleri Olaf Sholsning ham iste’foga chiqishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.
LiveBarchasi