Yevropaning eng qimmat klublari e’lon qilindi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa jamoalari orasida eng qimmat tarkibga ega. Bu haqda “Transfermarkt” portali ma’lum qildi.

Nashr e’lon qilgan ro‘yxatda “Manchester Siti” 1,2 milliard yevro qiymat bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi pog‘onalarni Londonning “Arsenal” va Madridning “Real” klublari band etdi.

Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi:

1. “Manchester Siti” (Angliya) – 1,2 milliard yevro;

2. “Arsenal” (Angliya) – 1,12 mlrd yevro;

3. “Real Madrid” (Ispaniya) – 1,04 milliard yevro;

4. “Parij Sen-Jermen” (Fransiya) – 1,02 milliard yevro;

5. “Bavariya” (Germaniya) – 929 million yevro;

6. “Chelsi” (Angliya) – 928 million yevro;

7. “Liverpul” (Angliya) – 921 million yevro;

8. “Barselona” (Ispaniya) – 840 million yevro;

9. “Tottenxem” (Angliya) – 777 million yevro;

10. “Manchester Yunayted” (Angliya) – 734 million yevro.

E’tiborlisi, reytingning kuchli o‘nligiga birorta ham Italiya klubi kiritilmadi. Milanning “Inter” klubi bu reytingda 13-o‘rinni egalladi. Jamoa tarkibi qiymati 622 million yevroni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made