Yevropaning 500 dan ortiq fuqarosi Xitoydan olib chiqildi
Olam
−
10 fevral 2020 4192 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish doirasida besh yuzdan ortiq Yevropa fuqarosini Xitoydan o‘z vataniga olib keldi. Bu haqda 10 fevral, dushanba kuni Inqirozli vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha Yevropa komissiyasining a’zosi Janesh Lenarchich ma’lum qildi.
"Yevropa Ittifoqi koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z mexanizmi bo‘yicha harakat qildi. Tashkilotga a’zo davlatlar zarur choralarni muvofiqlashtirdi. Shu o‘rinda, Yevropaning 500 dan ortiq fuqarosini Xitoydan olib chiqib, ularni o‘z vatanlariga qaytarish jarayoni muvaffaqiyatli kechganini ta’kidlamoqchiman”, dedi u. “Markazimiz kunu tun ishlaydi. Biz koronavirus bilan bog‘liq ehtimoliy qarshi choralar ustida harakat qilyapmiz”, deya qo‘shimcha qildi yevrokomissar.
Janesh Lenarchichning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi zarur holatlarda yordam ko‘rsatish, shuningdek, kasallik tarqalishining oldini olish yo‘lida Xitoy hukumati bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.
"Xitoy bizga qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari, masalan, qo‘lqoplar va niqoblar zarurligini aytdi. Biz o‘z imkoniyatlarimizni va YeI xitoylik hamkasblarimizga nimani taklif qilishi mumkinligini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu borada ayrim ishlar amalga oshirildi. Masalan, Yevrokomissiya homiyligida Germaniya va Fransiyadan 12 tonna mahsulot jo‘natildi”, dedi Lenarchich.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025