Yevropaliklar pulini to‘lasa, men AQSHni NATOdan chiqarmayman – Tramp

Olam

image

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp, agar u g‘alaba qozonsa, alyansning yevropalik a’zolari o‘z badallarini teng to‘lar ekan, mamlakatini NATOdan chiqarmasligini aytdi. Uning bu so‘zlari “GB News” dasturida eshittirildi.

"Qo‘shma Shtatlar o‘zining adolatli ulushini (NATOdagi mudofaa xarajatlarini) to‘lashi va boshqalar uchun to‘lamasligi kerak", deydi Tramp.

Uning fikricha, Shimoliy Atlantika ittifoqi AQSHdan ko‘ra Yevropa davlatlari uchun muhimroq.

Bu Trampning NATOga birinchi marotaba “tosh otishi” emas. Avvalroq u NATOdagi defoltlarni himoyasiz qoldirish bilan tahdid qilgan. 

Masalan, joriy yilning 10 fevral kuni Janubiy Karolinada bo‘lib o‘tgan mitingda Donald Tramp NATO davlatlaridan birining rahbari bilan o‘zining suhbati haqida gapirib bergandi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik davlat rahbarlaridan biri unga “agar biz pul to‘lamasak va Rossiya hujumiga uchrasak, bizni himoya qilasizmi?”, deya savol bergan.

Bunga javoban, Tramp bu mamlakatni himoya qilmasligini, aksincha, Rossiyani o‘zi xohlagan narsani qilishga undashini ta’kidlagan. 

Keyin NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans harbiy tahdidga qarshi barcha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor va qodirligiga ishontirgan.

Trampning saylovdagi potensial raqibi, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden raqibining so‘zlarini xavfli deb atadi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel esa Yevropa davlatlarini o‘zlarining mudofaa salohiyatini oshirishga chaqirdi, chunki “Amerika soyaboni abadiy ochiq qolmasligi mumkin”.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing