Yevropaliklar “amerikalik do‘st”siz yashashni o‘rganishi kerak – Borrel 

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel yevropaliklarni “amerikalik do‘st”siz yashashni o‘rganishga chaqirdi. Bu haqda u Ispaniyaning “El Diario” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, agar sobiq prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlardagi saylovda g‘alaba qozonsa, “amerikalik do‘st” mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Borrelga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi aholisi “migratsiya oqimiga sabab bo‘ladigan mojarolar kuch, demografik bosim va siyosiy beqarorlik bilan tobora ko‘proq hal qilinayotgan qattiq, zo‘ravon dunyo” haqida tasavvurga ega emas. Agar Tramp yana Oq uy rahbari lavozimini egallasa, jahon siyosiy senariysi o‘zgaradi.

"Hatto ehtimoliy g‘alabadan oldin ham bizda Tramp bilan muammo bor. U hali g‘alaba qozonmadi, lekin allaqachon imkoni boricha Ukrainaga yordam berishga to‘sqinlik qilmoqda. Yevropaliklar amerikalik do‘st bo‘lmagan dunyoda yashashni o‘rganishi kerak", deb xulosa qildi Borrel.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 2023 yilning 25 aprelida demokrat Jo Bayden oliy hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini e’lon qildi. Tramp saylov kampaniyasiga kirishini 2022 yil noyabrida e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jozep Borrel G‘arbning global hukmronlik davri nihoyat Rossiyaning Ukrainadagi urushi va G‘azo sektoridagi mojaroning boshlanishi bilan yakunlanganini tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi Jozep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing