Yevropaga koronavirus va karantin cheklovlari qaytyapti
Olam
−
17 avgust 2020
12717Yevropa davlatlarida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanyapti. Karantin choralari yumshatilgan davlatlarda infeksiyaning yangi o‘chog‘lari paydo bo‘la boshladi. Buning ortidan ba’zi davlatlar karantin choralarini qaytaryapti.
15 avgust kuni Fransiyada 3 ming kishida koronavirus aniqlandi. Bu may oyida karantin choralari yumshatilganidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich.
Jamoat salomatligi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bir sutkada 3 310 kishida koronavirus aniqlangan. Bundan tashqari virusning 17 ta yangi o‘chog‘i qayd etilgan.
Agentlik mamlakatning 23 ta departamentida xavfli, 20 tasida passiv –xavfli, uchtasida favqulodda xavfli bo‘lib turibdi.
Vaziyatning keyinchalik yanada yomonlashishining oldini olish uchun agentlik odamlarni niqob taqish va masofani saqlashga chaqiryapti.
Ispaniyada ham bir sutkada 3 ming kishi koronavirusga chalingan. Mamlakatga karantin cheklovlari qaytarilyapti. Tungi klublar yopildi, barlarga tungi soat 00:00 gacha ishlashga ruxsat berildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu choralarni kasallik tarqalishi kengayib ketmasligi uchun qabul qildi.
Shuningdek, ko‘chada 2 metrlik masofani saqlash imkoni bo‘lmagan joylarda tamaki chekish ham taqiqlangan. Ispanlar eng ko‘p mana shu taqiqqa norozilik bildirdi. Chekuvchilar bar va terrasalarda chakmaslik haqida ogohlantirilgan.
Italiyada avgust boshida kunlik kasallanish 500 nafarga yetishi bilan qat’iy choralar belgilandi. Italiyada shu kunlarda yoshlarning sevimli bayrami Ferragosto nishonlandi. Ammo diskoteka va yopiq joylarda o‘yin-kulgu qilish taqiqlandi. O‘ynash istagi bo‘lganlari ochiq havoda bayram qildi, bunda niqo taqish majuriy.
20 avgustda Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlarga qarab. Cheklovlarni kuchaytirishi ham mumkin.
Italiyada ham odamlar maktablar odatdagidek 14 sentyabrdan boshlanadimi yo‘qm, bilolmayapti.