Yevropada koronavirusning yangi o‘choqlari paydo bo‘lmoqda – OAV
Olam
−
19 iyun 2020
8512Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi va keng ko‘lamli testlashtirish boshlanishi bilan bir qator Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yangi infeksiya o‘choqlari qayd etildi. Bu haqda “Euronews” xabar bermoqda. https://www.euronews.com/
So‘nggi bir hafta ichida Islandiyada 5 ta holat aniqlandi: ikki nafar Ruminiya hamda Daniya fuqarosida. Ulardan biri immunitetga egaligi sababli, boshqalardan farqli o‘laroq, u karantinga olinmadi. Beshinchi holat - bu ruminiyaliklar tomonidan infeksiya yuqtirilgan politsiyachi bo‘ldi.
Islandiya rasmiylari aeroportlarda ishlatiladigan chegara test tizimlarini tezda aniqlab, zarur choralarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Har kuni yuzlab kelganlar undan o‘tkazila boshlandi.
Ruminiyada oxirgi 24 soat ichida 22 kishi koronavirusdan vafot etdi, 320 yangi infeksiya holati qayd etildi. Mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 23 mingdan oshdi.
Har kuni jonlantirish va intensiv terapiya bo‘limida joylashtirilayotganlar soni ko‘paymoqda. Prezident Klaus Yoxannisning so‘zlariga ko‘ra, 15 may kuni bekor qilingan favqulodda holat rejimiga qaytish varianti ko‘rib chiqilmoqda.
Portugaliyaning Sinfayn shahrida qariyalar uyida 57 ta holat qayd etildi: 34 bemor va 23 xodim. Ularning barchasi karantinga olindi. Yana 160 ta test natijalari kutilmoqda.
Yana bir mintaqa – Algarve bo‘lib, u yerda sayyohlik mavsumi boshlanishi bilan 67 kishi koronavirusga chalingan.